Ogʻir atletika: Oʻzbekiston chempionatining dastlabki kungi gʻoliblari maʼlum


Shu kunlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda. Unda respublikamizning deyarli barcha hududidan eng sara atletlar gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.
Kecha musobaqaning dastlabki kungi bahslari oʻtkazildi. Taʼkidlash joiz, aksariyat vazn toifalarida yetakchilar yaqqol ajralib qolishmoqda. Faqat, ayrim vaznlardagi haqiqiy raqobat koʻzga tashlandi.

Jumladan, qizlar oʻrtasida -45 kg. vazn toifasida andijonlik Imona Moʻminova dast koʻtarish mashqida 52 kg., siltab koʻtarishda esa 68 kg. natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi.
-49 kg. vazn toifasida supachaga chiqqan qizlar orasida xorazmlik Zuhra Otajonovaga teng keladigan raqib topilmadi. U umumiy 137 kg. (dast koʻtarishda 60 kg., siltab koʻtarish mashqida esa 77 kg.) natija koʻrsatgan holda eng yaqin taʼqibchisi namanganlik Dinara Razikovani 9 kiloga ortda qoldirdi. Dinara uch kurashda 128 kg (58-70) natija qayd etdi.
Ogʻir atletika. Oʻzbekiston chempionati.
13-oktyabr kungi gʻoliblar roʻyxati:
Qizlar
- 45 kg.
1. Imona Moʻminova (Andijon) – 120 kg
- 49 kg.
1. Zuhra Otajonova (Xorazm) – 137 kg
- 55 kg.
1. Jamilya Panfilova (Toshkent vil.) – 183 kg
- 59 kg.
1. Nigora Abdullayeva (Buxoro) – 193 kg
-64 kg.
1. Barchinoy Eshqulova (Buxoro) – 183 kg
Erkaklar
- 55 kg.
1. Ogʻabek Nafasov (Samarqand) – 233 kg
- 61 kg.
1. Akbar Imomnazarov (Navoiy) – 225 kg.
Musobaqalar davom etmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati