OʻzDJTSUga yangi oʻquv yilida qaysi mashhur xorijlik sportchilar talabalikka qabul qilindi?


Universitetning xalqaro hamkorlik boʻlimi tashabbusi bilan yangi oʻquv yilida xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha samarali ishlar olib borildi.
Ilias Iliadis- Gretsiyalik mashhur sportchi (dzyudo), Olimpiya chempioni (2004), London-2012 olimpiadasi sovrindori. 3 karra jahon chempioni (2010,2011,2014), 3 karra jahon chempionati sovrindori (2005, 2007, 2013)
Kaxi Maxaradze-Gruziyalik mashhur futbolchi, 2006-2015-yillarda futbol boʻyicha Gruziya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida toʻp surgan. “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari safida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Rossiya, Gruziya, Qozogʻiston, Ukraina davlat fuqarolari ham universitetda sport faoliyati yoʻnalishining dzyudo, ogʻir atletika, yengil atletika, erkin kurash, gandbol, futbol sport turlari boʻyicha taʼlim olishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati