Rahbariyat

Jumaniyozov Qudrat Shuxratovich
Jumaniyozov Qudrat Shuxratovich 1972 yil 15 oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tug‘ilgan 
1993 yil, Urganch davlat Universiteti Jismoniy tarbiya fakul’teti (kunduzgi)
1993-1995 yy.-Yangiariq tumani 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
1995-2003 yy.-Yangiariq tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida murabbiy
2003 y.-h.v.    -Yangiariq tuman  Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori

Tashkilot rahbarining vazifalari
     Direktor sport maktabi ishiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati barcha yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq javob beradi, maktab jamoasi bilan birgalikda sport maktabini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
     Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil                  23 sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari murabbiylari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 211-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.
     Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat farmoni, qaror va farmoyishlarining, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, shuningdek boshqarmaning qaror va buyruqlarining ijrosini bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.   
     Maktabda sport turlari bo‘yicha murabbiylar kengashini tashkil etadi va rahbarlik qiladi. Kengash yig‘ilishida muhokama etiladigan masalalarni belgilaydi.
     Maktab faoliyatiga oid qarorlar, buyruqlar qabul qiladi. Yuqori tashkilotlar, vazirliklar, sport jamiyatlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi, ular bilan turli yozishmalarga imzo chekadi.
     O‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida yo‘riqchi-metodistlar  tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualar (metodik qo‘llanma va multimedia ilova)ni yaratilishi masalalari bo‘yicha yo‘riqchi-metodistlar murojatlarini ko‘rib chiqadi. Sportchi-o‘quvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etilishini bevosita nazorat qiladi. Murabbiylar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilishini rasmiylashtiradi va ularni rejaga asosan o‘tkazilish nazoratini ta’minlaydi. 
     Maktab mulkiga egalik qiladi. Kadrlarni tanlash, rag‘batlantirish va intizomiy jazo qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqadi va hal etadi. Xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va bekor qiladi. Ularga xaq to‘laydi. Maktab xodimlari va murabbiylariga yaratilgan oylik fondi doirasida lavozim maoshlari, stavkalarni tasdiqlaydi. Federatsiyalarning konferentsiyalari, xisobot yig‘ilishlari va boshqa majlislarida ishtirok etish xuquqiga ega.
      Sportning barcha turlari  bo‘yicha federatsiyalar bilan bevosita xamkorlikni tashkil etadi. Xamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlarda  ishtirok etadi. Maktab nomidan yuridik shaxslar, tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi, davlat va nodavlat jamg‘armalar, tashkilotlar bilan maktab faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi. 
     Sport maktabining musobaqalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilishiga rahbarlik qiladi. 
Atajanov Boynazar Azamatovich
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktabning o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ishlar tashkil etilishi, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari sifatini, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlar jadvali bajarilishini nazorat qiladi.
     O‘quv-mashg‘ulot o‘tkazish jarayonini tashkil etadi, sportchilarni saralash va maktabga qabul qilish jarayonini muvoffiqlashtiradi. Yo‘riqchi-metodistlar faoliyatini boshqaradi va yo‘naltiradi. Xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, mehnat intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib boradi.  Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hay’ati, hamda yuqori tashkilotlardan kelgan qaror, buyruq va ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlaydi.
     Maktab faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan tushgan xat, ariza va shikoyatlarni o‘rganadi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi.
     Maktabning yillik ish rejalarini xodimlar bilan kelishgan holda tuzadi va o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi.
     Maktab  murabbiylariga tarifikatsiya bo‘yicha xujjatlarini tayyorlaydi.
     O‘quv-mashg‘ulot o‘tkazish va sportchilarning individual rejalarini bajarilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini  hamda sport maktablari murabbiylari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 211-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan murabbiylar tarifikatsiyasi bo‘yicha xujjatlar tayyorlaydi. Yo‘riqchi-metodistlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar (metodik qo‘llanma va multimedia ilova)ni  ko‘rib chiqadi.
     Vazifalarning bajarilishi monitoringi asosida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish yoki jazo choralarini ko‘rish uchun maktab rahbariyatiga takliflar kiritadi. Ijro intizomiga xodimlarning qat’iy amal qilishlarini ta’minlaydi.
     Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda sport maktabi musobaqalarini o‘tkazish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Atajanov Boynazar Azamatovich 1990 yil 1 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tug‘ilgan 
2011y. O‘zbekiston Davlat  Jismoniy tarbiya Instituti (kunduzgi); 
2011-2012  yy –Urganch turizm va tadbirkorlik 
2013-2014 yy - kasb-hunar kolleji,jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 
2013-2017 yy –O‘zbekiston Jaxon tillari qoshidagi Uchtepa  Akademik littseyida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 
2018 - h.v - Yangiariq tuman  Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori o‘rinbosari